Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilgacha milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
IIV YHHX matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emas.
"Ijtimoiy tarmo foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz", – deyiladi rasmiy munosabatda.






