Ukrainadagi mojaro 2026 yil iyun oyi oxirigacha tugashi mumkin. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.
Zelenskiyning aytishicha, Yevropadagi hamkorlar, shuningdek, AQSh va koalitsiyaning boshqa a'zolari bilan olib borilayotgan muzokaralar yangi bosqichga ko'tarilgan.
Uning ta'kidlashicha, urush Kiprning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik muddati davomida yakunlanishi mumkin. Ma'lumki, Kiprning mazkur raislik muddati 30 iyunda tugaydi.
Shuningdek, Zelenskiy dekabr oyi oxirida Fox News telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklarning 87 foizi tinchlik tarafdori ekanini, biroq fuqarolarning 85 foizi Ukraina qo'shinlarining Donbassdan olib chiqilishiga qarshi ekanini bildirgan.
Uning so'zlariga ko'ra, qo'shinlarni Donbassdan olib chiqish Ukraina uchun "eng yomon stsenariy" bo'lib, mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi va jamiyat tomonidan nomaqbul hisoblanadi.






