AsosiyDunyo

Xorazmda tezlikni oshirgan Nexia haydovchi halok bo‘ldi

Ushbu muhim hodisa viloyatning Urganch tumanida yuz bergan.

'Xorazmda tezlikni oshirgan Nexia haydovchi halok bo‘ldi'ning rasmi

Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanaotgan Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashib, so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia haydovchisi vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 6 yanvar kuni ertalab Urganch tumani Beruniy mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan R.B. Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, bir yo‘nalishda harakatlanaotgan 24 yoshli M.P. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Nexia avtomashinasi yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia haydovchisi R.B. voqea joyida halok bo‘lgan.

Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning otasi O.B. esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Nexia haydovchisining tezlikni me’yordan oshirib harakatlanishi sabab bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:58

    Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi

    Halab shahrida hukumat qo‘shinlari va Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida janglar qayta avj oldi.

    'Yevropada kuchli qor bo‘roni odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:16

    Yevropada kuchli qor bo‘roni odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

    Yevropaning bir qator mamlakatlarida kuchli qor yog‘ishi transport harakatini izdan chiqardi.

    'Qator AQSH–Venesuela munosabatlarida vositachilikni davom ettirishga tayyor'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:36

    Qator AQSH–Venesuela munosabatlarida vositachilikni davom ettirishga tayyor

    Doʻha Venesueladagi keskin vaziyatdan xavotir bildirib, barcha tomonlarni muloqotga chaqirdi.

    'Трамп Мадурони ўз рақс ҳаракатларини такрорлашда айблади'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:43

    Трамп Мадурони ўз рақс ҳаракатларини такрорлашда айблади

    Bu haqda u Vashingtondagi Kongress respublikachilari yig‘ilishida ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:50

    'Venesuela AQShga 50 million barrelgacha neft yetkazib beradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:31

    Venesuela AQShga 50 million barrelgacha neft yetkazib beradi

    AQSh prezidenti Donald Trump Venesuela Qo‘shma Shtatlarga yirik hajmda neft yetkazib berishini ma’lum qildi.