AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik ayollar asosan 20–30 yoshda turmushga chiqmoqda

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu davrda O'zbekistonda jami 177 017 ta nikoh ro'yxatdan o'tkazilgan.

'O‘zbekistonlik ayollar asosan 20–30 yoshda turmushga chiqmoqda'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan nikohlarda ayollarning aksar qismi 20–30 yosh oralig‘ida oila qurgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistonda jami 177 017 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Nikohga kirgan ayollarning 53,5 foizi, ya’ni 94 765 nafari 20–30 yoshda bo‘lgan. 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar ulushi 36,8 foizni (65 078 nafar) tashkil etgan.

Shuningdek, 31–40 yoshda turmushga chiqqan ayollar soni 13 137 nafarga (7,4 foiz), 41 yosh va undan katta ayollar esa 4 037 nafarga (2,3 foiz) to‘g‘ri kelgan.

    Boshqa yangiliklar