Bugun, 6 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Tashkent City majmuasida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, soat 08:55 da Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Tashkent City’ning 2-lot hududida konteyner yonayotgani haqida murojaat kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 08:57 da yetib borib, yong‘in 09:01 da to‘liq o‘chirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sabablari va etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda






