AsosiyJamiyat

Bugun to‘rtta viloyatda yomg‘ir yog‘adi

Havo harorati 7 daraja iliq bo‘ladi.

'Bugun to‘rtta viloyatda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin.Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi havfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar