AsosiyJamiyat

"Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting", — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik holatiga munosabat bildirdi.

'"Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting", — Alisher Qodirov'ning rasmi

Songgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada OMON xodimlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgani haqidagi xabarlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berib, voqea tafsilotlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Holatga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Rossiyadagi vaziyat Markaziy Osiyo fuqarolari uchun tobora xavfli tus olayotganini ta’kidladi.

“Ishoning, vaziyat oy sayin faqat yomonlashadi. Rossiya maxsus xizmatlari Markaziy Osiyoliklarni kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan notinchliklarning faol ishtirokchisi sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli ulardan keladigan mehnat foydasidan allaqachon voz kechilgan”, — deb yozdi Qodirov.

Shuningdek, u O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilib, Rossiyaga borishdan tiyilish va imkon qadar tezroq u yerdan qaytishni tavsiya qildi.

“Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting. Hech qanday daromad ota-onangiz va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi”, — deya yozadi u.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan rasmiy izohda Rossiyaning Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafoti bilan bog‘liq holat mamlakatning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingani bildirildi.

“Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Shuningdek, hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi, tergov boshqarmasi hamda Rossiya TIVning hududiy vakolatxonalariga rasmiy notalar yuborilib, holatni har tomonlama, xolis va qonuniy tartibda o‘rganish so‘ralgani qayd etildi.

TIV bayonotida O‘zbekiston diplomatlari xorijda bo‘lib turgan har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb bilishi alohida ta’kidlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, eng tez natija bergani — ekologiya” — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    “Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, eng tez natija bergani — ekologiya” — Saida Mirziyoyeva

    Prezident administratsiyasi rahbari qisqa muddatda sezilarli o‘zgarishga erishilgan sohalardan biri ekologiya bo‘lganini qayd etdi.

    'Bustonlikda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llar bir tomonlama qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Bustonlikda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llar bir tomonlama qilindi.

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Amirsoy, Chimyon va Beldersoy dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llarda harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi.

    'Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:55

    Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

    Poytaxtning Shimoliy vokzali hududida yarosti o‘tish joyida qizning telefonini zo‘rlik bilan tortib olgan shaxs tezkor tadbirlar natijasida ushlandi.

    'Saida Mirziyoyeva Kirill Altman bilan bo‘lgan intervyusi haqida fikr bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    Saida Mirziyoyeva Kirill Altman bilan bo‘lgan intervyusi haqida fikr bildirdi

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva blogger va jurnalist Kirill Alt‘man bilan bo‘lib o‘tgan intervyusi yuzasidan munosabat bildirdi.

    'Qo‘qonda Yangi yil arafasida mushakbozlik uyushtirgan shaxslar qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    Qo‘qonda Yangi yil arafasida mushakbozlik uyushtirgan shaxslar qamaldi.

    Sud qarorigacha, ushbu shaxslarning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    'Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:10

    Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди

    Federatsiyaning Xabarovsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosining vafoti bilan bogʻliq holat Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.