AsosiyDunyo

Trump: Eron hukumatining namoyishchilarni o‘ldirishda davom etsa, AQSh yordamga tayyor

AQSh Prezidenti Donald Trump agar Eron hukumat tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishda davom etsa, Qoʻshma Shtatlar ularga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

'Trump: Eron hukumatining namoyishchilarni o‘ldirishda davom etsa, AQSh yordamga tayyor'ning rasmi

O'z navbatida, rasmiy Tehron Trampning bayonotiga javob qaytardi. Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy AQShning Eron ichki ishlariga aralashuvi butun Yaqin Sharqni beqarorlashtirishga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, 28 dekabrdan buyon Eronda iqtisodiy qiyinchiliklar va yuqori inflyatsiya fonida norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, to'qnashuvlar chog'ida 6 kishi halok bo'lgan, 17 kishi jarohat olgan. Noroziliklar mamlakatning bir qator yirik shaharlariga tarqalgan, xavfsizlik kuchlari esa namoyishlarni tashqi kuchlar bilan bog'lamoqda.

    Boshqa yangiliklar