AsosiyJamiyat

Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди

Federatsiyaning Xabarovsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosining vafoti bilan bogʻliq holat Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

'Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди'ning rasmi

Qayd etilishicha, mazkur holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan. Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi, tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining hududiy vakolatxonasiga rasmiy notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda o‘rganish so‘ralgan.

Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi O‘zbekiston fuqarosi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.

    Boshqa yangiliklar