Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yangi yil tabrigida Rossiya bilan tinchlikka umid bildirdi. Davlat rahbarining murojaati uning Telegram kanalida e’lon qilindi.
"Biz tinchlikka ishonamiz, u uchun kurashamiz va u uchun mehnat qilamiz. Yangi yilingiz bilan, aziz ukrainaliklar!" — deyiladi Zelenskiyning rafiqasi Yelena bilan tushgan bayramona fotosurati ostidagi izohda.
Prezidentning ta’kidlashicha, yakunlanayotgan 2025 yil Ukraina fuqarolarining matonati, fidoyiligi va kundalik mehnatining yorqin namunasi bo‘ldi. U yangi yilda ham birlik, inson qadr-qimmati va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash muhimligini qayd etdi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Yangi yil tabrigida Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishga ishonch bildirib, harbiylarni bayram bilan qutladi.






