Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatidahavo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 yanvarda 3-8 daraja iliq, 3-4 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 5-8 yanvarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1 yanvarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 2-8 yanvarda 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 yanvarda 3-8 daraja iliq, 3-4 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 5-8 yanvarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 2 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 3 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 4 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 5-7 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 8 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2 va 4-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 2 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 3 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 4-8 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 4 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 5-8 yanvarda 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 2 va 5-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha o‘zgarib turvadi.
Respublikaning tog‘li hududlaridahavo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.






