AsosiyDunyo

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Qishda aholiga tezak yoqishni tavsiya qilgani bilan tanilgan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

'Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Bugun, 30 dekabr kuni Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, shu kungacha tuman hokimi bo‘lib ishlagan Anvar Normamatov lavozimidan ozod etildi.

Viloyat hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Farrux Omonovich Holiqov nomzodi taklif etilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi. U Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan. Farrux Holiqov tayinlovgacha Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-sentabr kuni tuman kengashi sessiyasida Anvar Normamatov gaz ta’minotidagi muammolar sabab aholiga qishda tezak yoqishni maslahat bergani jamoatchilikda muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar