AsosiyJamiyat

Trump Putin bilan navbatdagi telefon suhbatini o'tkazdi

Rahbarlar Ukraina masalasi yuzasidan ijobiy mulogot olib borgan.

'Trump Putin bilan navbatdagi telefon suhbatini o'tkazdi'ning rasmi

29 dekabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali navbatdagi suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukraina masalasi bo‘yicha Putin bilan ijobiy ruhdagi muloqotni yakunlagan. Qayd etilishicha, mazkur suhbat 2025 yil boshidan buyon ikki yetakchi o‘rtasida o‘tkazilgan o‘ninchi telefon muloqoti hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Putin va Tramp oxirgi marta bir kun avval ham telefon orqali gaplashgan bo‘lib, o‘shanda Mar-a-Lagoda Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv yakunlaridan so‘ng yana aloqa qilishga kelishib olgan edi.

    Boshqa yangiliklar