AsosiyDunyo

Sobiq birinchi xonim pora bilan bog‘liq jinoyatda ayblanmoqda

Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Kyong Hi qimmatbaho buyumlar va pul evaziga davlat ishlariga noqonuniy aralashganlikda gumon qilinmoqda.

'Sobiq birinchi xonim pora bilan bog‘liq jinoyatda ayblanmoqda'ning rasmi

Janubiy Koreya maxsus prokuraturasi 29 dekabr kuni Kim Kyong Xiga oid tergovni yakunlab, u prezident rafiqasi maqomidan foydalanib pora olgani va kadrlar tayinlash jarayonlariga ta'sir ko'rsatganini ma'lum qildi.

Prokuror Min Jong Ki bayonotiga ko'ra, Kim turli shaxslarning murojaatlarini qabul qilib, buning evaziga pul va qimmatbaho buyumlar olgan.

Kimning advokatlari ayblovlar sudda dalillar asosida ko'rib chiqilishini ta'kidlab, protsessual qonuniylikka rioya etilishini so'radi.

Ish doirasida "Birlashish" cherkovi rahbari Xan Xak Ja ham Kimga Chanel sumkalari va olmosli marjon taqdim etganlikda gumon qilinmoqda. Kim Kyong Xi esa barcha ayblovlarni rad etib, jamoatchilikdagi xavotir uchun uzr bildirgan.

    Boshqa yangiliklar