AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

'Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

Suhbat chog‘ida tomonlar yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarga tinchlik, barqarorlik va rivoj tilaklarini izhor etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuqori darajada ekani, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar