AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi

Yangi jamgʻarma ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.

'Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu 27 dekabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Fanlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirish doirasida yangi ilmiy ishlanmalar sonini va ularni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini uch baravar oshirish, ilmiy xodimlar orasida yoshlar ulushini 60 foizga yetkazish hamda xorijda faoliyat yuritayotgan ilmiy diasporani mamlakatar ilm-faniga qayta jalb etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi. 2026 yildan boshlab davlat ilmiy dasturlari doirasidagi barcha loyihalar sifatini oshirish uchun ularni baholovchi ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga binoan hamrais nomzodlari kiritiladi.

2026 yil 1 apreldan Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlar ishtirokida ilmiy xodimlar va muassasalar faoliyatini baholashning KPI va reyting tizimi joriy etiladi. 2026 yil 1 yanvardan esa ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh olimlarni rag‘batlantirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi faoliyat boshlaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.

    Noqonuniy isteʼmol oqibatida davlat manfaʼatlariga 1,2 trillion soʻmdan ziyod zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.

    'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:01

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.

    Bo‘stonliq tumanida yer hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 5 ming dollar talab qilgan xodim qo‘lga olindi.

    'Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:40

    Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi

    2025 yil global brend reytingida Isroil oxirgi o‘rinni egalladi, mamlakatning xalqaro obro‘yi keskin pasaygan.

    'Lukashenko xokkey o‘yini vaqtida jarohat oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Lukashenko xokkey o‘yini vaqtida jarohat oldi

    Belarus prezidenti Minskdagi "Olimpik-Arena"da boʻlib oʻtgan xokkey oʻyinida yiqilib, orqa mushaklarini shikastladi.

    'Toshkentda o‘zini distribyutor sifatida tanitib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:19

    Toshkentda o‘zini distribyutor sifatida tanitib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamoqqa olindi

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali katta daromad va'da qilgan gumonlanuvchi juda ko'p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:35