Toshkent shahrida fuqarolarni katta miqdorda pulga aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi. Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zini distribyutor va tadbirkor sifatida tanitgan Xayrullo Shokirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1986 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi Instagram, Telegram va YouTube’dagi “Xayrullo Shokirov” nomli sahifalar orqali o‘zini yirik distribyutor sifatida ko‘rsatib, chet eldanor sharbati va salqin ichimliklar olib kirib, ularni O‘zbekistondagi savdo nuqtalariga yetkazib berish vakolatiga ega ekani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. U fuqarolarga yuqori daromad ulushini va’da qilib, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan tergov olib borilmogda. Xayrullo Shokirov gumonlanuvchi sifatida ishga jalb etilib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Poytaxt IIBB mazkur shaxs harakatlaridan jabr ko‘rgan yoki holat yuzasidan ma’lumotga ega fuqarolardan 102 qisqa raqami yoki tergov boshqarmasining 71-206-40-99 va 71-206-42-52 telefonlari orqali murojaat qilishni so‘radi.






