Hozirgi kunda O‘zbekistonda ekologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilanib borayotgani quvonarli hol. Havo tozaligi, yashil hududlarning ko‘payishi va atrof-muhitga bo‘lgan e‘tibor kuchaygani buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar samarali bo‘ldi.
Davlat va jamoatchilikning hamkorlikdagi harakatlari natijasida tabiatni muhofaza qilish madaniyati yuksalmogda. Aholi orasida chiqindilarni to‘g‘ri tashlash, daraxtlarni asrash, suv va havoni ifloslantirmaslik bo‘yicha tushuncha tobora mustahkamlanmoqda.
Ekologiya masalasi — bu faqat bugunning emas, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor masaladir. Shu sababli har birimiz tabiatni toza saqlashga intilib, ekologik barqarorlikni ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.






