AsosiyJamiyat

Endi hokim yordamchilari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbarlik qiladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab tuman va shahar byudjetlari xarajatlarini kamaytirish taqiqlanadi.

'Endi hokim yordamchilari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbarlik qiladi'ning rasmi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari kengaytiriladi va bu orqali ularning moliyaviy mustaqilligi ta’minlanadi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab, tuman (shahar)lar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmalari boshlig‘i hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari quyidagilarni amalga oshiradi:

2026 yil 1 martgacha obodonlashtirish boshqarmalariga kamida 0,5 ga yer maydonlarini ajratgan holda issiqxonalar tashkil etish;

kelasi yil 1 apreldan shahar obodonlashtirish boshqarmalariga birlashtirilgan hududlarga ular tomonidan yetishtirilgan mavsumiy gul ko‘chatlari ekish choraklarini ko‘rish

2027 yildan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarida joriy etish;

bir oy muddatda boshqarmalarga birlashtirilgan hududlardagi avtoturargohlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish; 

2026 yil 1 aprelgacha barcha avtoturargohlarga avtomototransport vositalarining kirish-chiqishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatish nazarda tutilgan.

Hokimiyat organlari huzuridagi jamg‘armalar va mahalliy byudjetlar 2026 yil 1 yanvardan mahalliy qo‘shimcha manbalar mablag‘ining bo‘sh turgan qismini auktsion orqali bankda depozitga qo‘yib, daromad topishiga ruxsat beriladi.

Ushbu sanadan tuman va shahar byudjetlari xarajatlarini kamaytirish ham taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar