AsosiyJamiyat

Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.

Shuningdek, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan.

'Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan usbu harakatni sodir etgan ishchilar aniqlandi, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

JIB Sirdaryo tuman sudi qarori bilan aydorlarning har biri BHMning 100 baravari, ya’ni 41 mln 200 ming so‘mdan jarima jazosiga tortilgan.

23 dekabrda O‘zbekiston valyutasini olib, yoqdik. Qilgan ishim noto‘g‘ri ekanini anglab yetdim. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan huquqbuzarlardan biri.

Shuningdek, ish beruvchi tomonidan usbu shaxslar bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan, deyiladi habarda.

    Boshqa yangiliklar