AsosiyDunyo

Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi

Sobiq vazir davlat jamg‘armasidan mablag‘larni talon-toroj qilishda va pul yuvishda aybdor deb topilgan.

'Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Malayziya sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoqni 1MDB davlat jamg‘armasidan mablag‘larni talon-toroz qilish va pul yuvishda aybdor deb topib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Qo‘shimchasiga, u 13,5 milliard ringgit (2,8 milliard dollar) miqdorida jarimaga ham tortildi. Bu haqda BBC yozmoqda.

72 yoshli sobiq siyosatchi vakolatini suiiste’mol qilish va qariyb 569 million dollar (2,3 mlrd ringgit) miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud Najibni 4 ta vakolatni suiste’mol qilish va 21 ta jinoyiy daromadlarni legalashtirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi. Qonunchilikka ko‘ra, jazolar bir vaqtning o‘zida o‘talanadi.

Najib Razzoq 2022 yildan beri 12 yillik boshqa bir korrupsiya ishi bo‘yicha qamoq jazosini o‘tamoqda. 2024-yilida uning jazo muddati 2 barobarga qisqartirilgan edi. Shu haftada sud uning qolgan muddatni uy qamog‘ida o‘tash haqidagi iltimosini rad etgan edi.

Mojaro tarixidan

1MDB (1Malayziya Development Berhad) mojarosi dunyodagi eng yirik korrupsiyaviy sxemalardan biri hisoblanadi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat jamg‘armasidan jami 4,5 milliard dollar o‘g‘irlangan. Sobir bosh vazir bu pullarni “Saudiya qirolining hadyasi” deb oqlashga urinsa-da, sud bu vazni asossiz deb topgan.

Mazkur sud hukmi Malayziya siyosatida katta aks-sado bermoqda. Amaldagi hukumat vakillari bu qaror hatto mamlakatning “birinchi raqamli” rahbarlari ham qonun oldida javob berishini ko‘rsatuvchi muhim ishora ekanini ta’kidlamoqda. Ma’lumot o‘rnida, Najib Razzoqning rafiqasi Rosma Mansur ham poraxo‘rlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:25

    Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi

    Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.12.2025 13:01

    'Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.12.2025 10:42

    Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda

    Yangi pul birligi moliyaviy mustaqillik va iqtisodiy tiklanish ramzi sifatida taqdim etildi.

    'Braziliyalik yosh gimnastikachi 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi'ning rasmi

    Dunyo 26.12.2025 03:53

    Braziliyalik yosh gimnastikachi 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi

    Braziliyaning istiqbolli badiiy gimnastikachilaridan biri bo‘lgan Izabel Marsinyak 18 yoshida vafot etdi.

    'Rossiyalik aktrisa Vera Alentova 84 yoshida vafot etdi.'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 15:42

    Rossiyalik aktrisa Vera Alentova 84 yoshida vafot etdi.

    “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmidagi bosh roli bilan tanilgan Vera Alentova hayotdan ko‘z yumdi.

    'Тожикистон ва Афғонистон чегарасида қуролли тўқнашув ортидан икки чегарачи ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 10:26

    Тожикистон ва Афғонистон чегарасида қуролли тўқнашув ортидан икки чегарачи ҳалок бўлди

    Afgʻoniston tomonidan noqonuniy ravishda chegarani kesib oʻtgan shaxslar bilan toʻqnashuvda Tojikistonning ikki nafar chegarachisi halok boʻldi.