Loyihaga ko‘ra, yon shajara bo‘yicha 2-, 3- va 4-darajadagi qarindoshlar - tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
Biroq nikohlanuvchi tomonlardan biri farzandlikka olingan yoki o‘gay farzand bo‘lgan hollar, agar farzandlikka olingan nikohlanuvchi shaxs nikohlanuvchi 2-shaxsga haqiqatda 1-, 2-, 3- va 4-darajali qarindosh bo‘lmasa bundan mustasno.
Shuningdek, nikohga kirishni xohlovchilarning arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq holatlarda nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkinligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilish uchun ma’muriy jazoa qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha (20 mln 600 ming so‘mdan 41 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Amaldagi qonunchilikda usbu jinoyat uchun BHM 20 baravaridan 30 baravarigacha (8 mln 240 ming so‘mdan 12 mln 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazo chorasi belgilangan, deyiladi xabarda.






