AsosiyBu qiziq

AQShda "eng xavfli" xorijlik jinoyatchilar roʻyxati eʼlon qilindi

Ular orasida Markaziy Osiyoliklar ham bor.

'AQShda "eng xavfli" xorijlik jinoyatchilar roʻyxati eʼlon qilindi'ning rasmi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti “eng yomonlarning eng yomoni” deb baholangan xorijlik jinoyatchilar ro‘yxatini ochiqladi. Unda uch nafar Qozog‘iston fuqarosi qayd etilgan.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) va Immigratsiya hamda bojxona politsiyasi (ICE) tomonidan tuzilgan ro‘yxatda mamlakat hududida qo‘lga olingan eng xavfli xorijlik jinoyatchilar keltirilgan. Rasmiy bayonotda aytilishicha, usbu choralar Prezident Donald Trump topshirig‘iga muvofiq, jinoyiy faoliyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlish va deportatsiya qilishga qaratilgan.

Ro‘yxatga kiritilgan uch nafar Qozog‘iston fuqarasidan biri Alabama shtatida hujum va o‘g‘irlangan mulkni egallashda ayblangan. Yana biri Florida shtatida o‘g‘rilik, uchinchisi esa Oregon shtatida qurol ishlatgan holda hujum qilganlik uchun hibsga olingan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trump ayrim davlatlar, jumladan Suriya fuqarolari uchun mamlakatga kirishni cheklovchi qaror imzolagani xabar qilingandi. Mazkur cheklovlar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirishi va 20 ta mamlakat hamda hududni qamrab olishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent bosh archasi jahon megapolislari qatorida'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 09:34

    Toshkent bosh archasi jahon megapolislari qatorida

    Oʻzbekiston poytaxtining bosh yangi yil archasi dunyo poytaxtlaridagi eng baland archalar reytingida yuqori oʻrinni egalladi.

    'Kasblar o‘zgarish davrida: qaysi ishlar yo‘qolib, qaysilari paydo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:07

    Kasblar o‘zgarish davrida: qaysi ishlar yo‘qolib, qaysilari paydo bo‘ladi?

    Texnologiyalar rivoji bilan mehnat bozori keskin o'zgarib bormoqda.

    'Bugun ayrim hududlarda qor yog'adi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:57

    Bugun ayrim hududlarda qor yog'adi

    26 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.12.2025 11:26

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Xitoyda 19 metrli qorbola yasaldi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.12.2025 06:22

    Xitoyda 19 metrli qorbola yasaldi

    Xitoyning "qish poytaxti" sanaladigan Harbin shahrida olti qavatli bino balandligiga teng, qariyb 19 metrli gigant qorbola barpo etildi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.12.2025 02:42

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    25 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.