AsosiyBu qiziq

Bugun ayrim hududlarda qor yog'adi

26 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

'Bugun ayrim hududlarda qor yog'adi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlaridahavo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar