Burg‘ilash ishlari joriy yil 8 sentyabr kuni “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” tomonidan boshlanib, quduq 4 940 metr chuqurlikka etkazildi. Hozirda 3 sutka davomida quduq mahsuldor qatlamining tabiiy xususiyatlari o‘rganilmogda.
Ushbu tadqiqotlar orqali quduqning sutkalik debiti, qatlam bosimi va boshqa parametrlar aniqlandi.
Shuningdek, Mo‘ynoq maydonida yana ikkita quduqda burg‘ilash va sinash ishlari davom etmogda. Tez kunlarda ushbu quduqlardan ham natijalar olinishi kutilmogda.






