AsosiyJamiyat

Chiroqchida noqonuniy dorixona fosh qilindi

Hozirgi holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilgan.

'Chiroqchida noqonuniy dorixona fosh qilindi'ning rasmi

Chiroqchi tumanida fuqaro ruxsatnomasiz dorixona ochib, 269 turdagi dori vositalari va 130 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Benzonal”ni noqonuniy sotgani aniqlandi.

Bosh prokuratura, DXX va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ushbu dorixonadan noqonuniy dorilar dalil sifatida olindi.

Hozirda Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar