Jizzax viloyati IIB JXX YXXB xodimlari Jizzax shahar Bobur MFY hududida harakatlanayotgan Damas avtomobilini to‘xtatib, tekshiruv o‘tkazgan.
Tekshiruv jarayonida Sh.Rashidov tumani Pastki so‘loqli mahallasida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi avtomobil salonida sotish maqsadida saqlanayotgan 990 blok, jami 49 ming 500 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, usbu mahsulotlarning taxminiy qiymati 9 million 900 ming so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.






