AsosiyJamiyat

Xorazm va Fargʻonada yer masalasidagi noqonuniy holatlar fosh etildi

Ikki hududda mansabdorlar bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi, gumonlanuvchlar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

'Xorazm va Fargʻonada yer masalasidagi noqonuniy holatlar fosh etildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida IIV Tezkor qidiruv xizmati xodimi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurishga ruxsat olib berishni va’da qilib, mansabdor tanishlari orqali fuqarodan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etildi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Farg‘ona viloyatida esa Buvayda tumanida yashovchi ikki shaxs davlat tomonidan imtiyozli shartlarda dehqonchilik uchun ajratilgan 3 gektar yerni boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 115 mln so‘m talab qilgan.

Ular 9500 AQSH dollari va 700 ming so‘m olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi. Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonlik ayol karatechiga Prezident sovg‘asi topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:27

    O‘zbekistonlik ayol karatechiga Prezident sovg‘asi topshirildi

    Gulshan Alimardonova jahon chempionligi uchun avtomobil bilan taqdirlandi.

    'O‘zbekistonda ish jarayonida 212 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:28

    O‘zbekistonda ish jarayonida 212 kishi halok bo‘ldi

    2025 yil davomida mamlakatda ishlab chiqarishda 731 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlib, 813 nafar xodim jabr koʻrgan, shundan 212 nafari halok boʻldi.

    'Epsteynning qamoqda yozgan xati eʼlon qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:56

    'Янги йил муносабати билан ўзбекистонликлар кетма-кет 5 кун дам олиши мумкин'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Янги йил муносабати билан ўзбекистонликлар кетма-кет 5 кун дам олиши мумкин

    Oʻzbekistonda Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025 yil oxiri va 2026 yil boshida qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanishi rejalashtirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:10