AsosiyJamiyat

Messi singlisi Mayamida avtoxalokatga uchradi

YTX oqibatida Mariya Sol Messi jiddiy tan jarohatlari olgan.

'Messi singlisi Mayamida avtoxalokatga uchradi'ning rasmi

“Inter Miami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining singlisi Maria Sol Messi AQShning Mayami shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Nueva Rioja” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtohalokat natijasida u kuyish jarohatlari, umurtqa pog‘onasi, tovon va bilak suyaklarining sinishi kabi og‘ir tan jarohatlarini olgan. Shifokorlar Maria Solga uzoq muddatli reabilitatsiya zarurligini bildirgan.

Shu sababli u 2026 yil 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan to‘y marosimini nomalum muddatga qoldirishga majbur bo‘lgan. Davolanishning dastlabki bosqichidan so‘ng u reabilitatsiyani davom ettirish uchun Rosario shahriga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar