AsosiyJamiyat

Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Lacetti va Nexia-3 toʻqnashuvi oqibatida avtomashina salonida boʻlgan yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan.

'Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahrida Lacetti va Nexia-3 rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Yashnobod tumanida taxminan soat 03:45 atrofida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina 21 yoshli haydovchi tomonidan boshqarilgan bo‘lib, u boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Har ikki transport vositasining haydovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi — “Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmogda, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:12

    'Россияда уч нафар ўзбекистонлик терактга тайёргарлик кўришда айбланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:51

    Россияда уч нафар ўзбекистонлик терактга тайёргарлик кўришда айбланди

    3 nafar o‘zbekistonlik mahkum "muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi" bo‘lgan.

    'Bugun respublikaning ayrim hududlarida qor yog'adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:27

    Bugun respublikaning ayrim hududlarida qor yog'adi

    20 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga Oʻzbekistonning toʻrtta kompaniyasi va tadbirkorlari kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2025 19:06

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2025 16:19

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.