AsosiySport

Husanovni aldab o‘tib ketish juda qiyin

Angliya Liga kubogi chorak finalida "Brentford" ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Abdulkodir Husanonning oʻyini yuqori baholandi.

'Husanovni aldab o‘tib ketish juda qiyin'ning rasmi

17 dekabr kuni Angliya Liga kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brentford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng “shaharliklar”ning 18 yoshli hujumchisi Divayn Mukasa o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Husanovni aldab o‘tib ketish juda qiyin. U ‘Brentford’ yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan barcha xavflarni bartaraf etdi. Bu ishni juda yaxshi uddaladi, unga alohida rahmat”, — dedi Divayn Mukasa.

Qayd etilishicha, Mukasa usbu uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Abduqodir Husanov esa joriy yilning 26 noyabr kuni Chempionlar ligasida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsdan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda o‘ynadi.

“Brentford”ga qarshi bahsda Husanov sariq kartochka olganiga qaramay, ishonchli va faol o‘yin namoyish etdi. Sofascore portali uning harakatlarini 7,2 ball bilan baholadi.

    Boshqa yangiliklar