“Nur.kz” xabar berishicha, G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 15 dekabr kuni uch nafar erkak bedarak yo‘qolganidan so‘ng ularning jasadi topilgan. Ular Janibek tumanidan 57 yoshli, Boke’orda tumanidan 25 yoshli va Qaztalov tumanidan 35 yoshli shaxslar ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, Oqjayiq tumanida yashovchi 54 yoshli erkak tirik holatda topilgan, lekin uning qo‘l-oyoqlari sovuq urgan va hozirda u Uralsk shahriga olib ketilmogda.
Hozirda Janibek tumanida yashovchi 59 yoshli fuqaro ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, uni qidirish ishlari qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari va mahalliy hokimlik vakillari tomonidan olib borilmogda.






