AsosiyDunyo

Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi

Hodim bu holatni gemoroy kasalligi bilan izohlagan.

'Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi'ning rasmi

Xitoyda xodim bir oy ichida 14 marta hojatxonaga chiqib, ularning ayrimlarida bir soatdan oshiq vaqt u yerda qolib ketgan. Eng uzoqi esa 4 soat davom etgan. 

Xodim bu holatni gemorroy kasalligi bilan izohlagan bo‘lsa-da, sud uning dalillarini yetarli deb topmagan. 

Sud qarorida hojatxonada o‘tkazilgan vaqt jismoniy ehtiyojdan ancha oshib ketgani, shuningdek, ishchi kasallik ta’til olmaganligi qayd etilgan. 

Kompaniya kuzatuv kameralari orqali holatni tasdiqlagan va kasaba uyushmasi roziligi bilan xodimni ishdan bo‘shatgan.

Sud jarayonlaridan so‘ng kompaniya sobiq xodimga 30 ming yuan miqdorida tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar