AQShning sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ushbu yo‘nalishda dastlabki siyosiy faollikni boshladi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kamala Harris o‘tgan hafta Los-Anjeles shahrida Demokratik Milliy Qo‘mita tadbirida nutq so‘zlagan. Unda u Demokratlar va Respublikachilar partiyalarini tanqid qilib, ularning aholining dolzarb ehtiyojlariga yetarli darajada javob bera olmayotganini ta’kidlagan. Demokratik partiya vakillari mazkur chiqishni Harrisning ehtimoliy prezidentlik kampaniyasiga tayyorgarlik bosqichi sifatida baholamoqda.
Shuningdek, Harris "107 kun" nomi ostidagi siyosiy safarlarini kengaytirib, Janubiy Karolina shtati hamda afro-amerikalik aholi ulushi yuqori bo‘lgan shaharlarda chiqishlar qilgan. U qora tanli saylovchilar orasida kuchli siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega ekani bilan tanilgan bo‘lib, bu omil Demokratik partiyaning dastlabki saylovlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Avvalroq, Kamala Harris 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng ham siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.






