AsosiyJamiyat

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jidda shahriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi.

'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.'ning rasmi

Mazkur safar Prezident tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining boy madaniy-ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Safar doirasida O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Jidda shahrida Islom san’ati muzeyi direktori Mamdux Usmon bilan uchrashdi. Unda Markaz faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, islom tsivilizatsiyasining ilmiy, tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuqoshi baholadi. 

 Shuningdek, barcha muzokara va uchrashuvlar davomida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, mutaxassislar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tsivilizatsiyalar alyansi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat tsivilizatsiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash, madaniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, shuningdek, islom tsivilizatsiyasi merosini jahon hamjamiyatiga keng yetkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar mazkur uchrashuvlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar