“Fojiali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammad Aziz Umurzоqovning halok bo‘lgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi TIV rasmiy vakili Axror Burxonov bayonotida.
Qayd etilishicha, AQShdagi elchixona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada va barcha masalalar yuzasidan tegishli idoralar bilan ish olib bormoqda.






