AsosiyBu qiziq

Bugun ba'zi joylarda qor yog'ishi mumkin

15 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

'Bugun ba'zi joylarda qor yog'ishi mumkin'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda qancha MChJ faoliyat yuritayotgani aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 08:04

    Oʻzbekistonda qancha MChJ faoliyat yuritayotgani aytildi

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda qancha tijorat tashkilotlari faoliyat yuritayotganini ochiqladi.

    'Osiyo mamlakatlari turmush darajasini tez oshirmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 12.12.2025 13:49

    Osiyo mamlakatlari turmush darajasini tez oshirmoqda

    So‘nggi 25 yilda kishi boshiga YaIM eng tez o‘sgan mamlakatlar e’lon qilindi.

    'Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida'ning rasmi

    Bu qiziq 12.12.2025 08:46

    Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida

    Tengsizlik keskin kuchaymoqda, olimlar tezkor choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

    'Time журнали 2025-йилнинг “Йил одами”ни эълон қилди'ning rasmi

    Bu qiziq 12.12.2025 08:39

    Time журнали 2025-йилнинг “Йил одами”ни эълон қилди

    Bu safar unvon bitta shaxsga emas, sun'iy intellekt yetakchilariga berildi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 12.12.2025 01:01

    Bugun yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 12 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    '2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди'ning rasmi

    Bu qiziq 11.12.2025 12:42

    2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди

    Eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaning daromadi o'tgan yili 679 milliard dollarni tashkil etgan.