AsosiyDunyo

Toshkentda katta miqdorda psixotrop moddalar va hujjatsiz dori vositalari saqlaganlar qo‘lga olindi.

Hozir har ikki shaxsning moddalarni qaerda va kimlar orqali olgani, jinoyat zanjirida ishtirok etgan boshqa shaxslar va to‘liq mexanizmini aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

'Toshkentda katta miqdorda psixotrop moddalar va hujjatsiz dori vositalari saqlaganlar qo‘lga olindi.'ning rasmi

DXX va bir qator huquq-tartibot idoralari Toshkentda kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi yo‘naltirilgan tezkor tadbir o‘tkazdi. Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi 1977 yilda tug‘ilgan ayol F.M.ning uyidan Farg‘ona vodiysidan olib kelingan katta miqdorda psixotrop dori vositalari topildi.

Tezkor harakatlar davomida uning yashash manzilidan 3000 dona ozish uchun mo‘ljallangan, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar bo‘lgan tabletkalar, shuningdek 1,1 mlrd so‘mlik hujjatsiz dori-darmonlar (TMB) olindi.

F.M.ning ko‘rsatmasiga tayanib, 1986 yilda tug‘ilgan mahalladoshi D.X.ning manzili ham tekshirildi. U yerdan 17 060 dona psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi dorilar, shuningdek 400 mln so‘mlik 2 973 dona sertifikatsiz dori vositalari aniqlandi.

Hozirda har ikki shaxsning moddalarni qayerdan va kimlar orqali olgani, jinoyat zanjirida ishtirok etgan boshqa shaxslar va to‘liq mexanizmini aniqlish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar