Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Damas va Toyota haydovchilari o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIBB voqeaga izoh berdi.
Hodisa 4 noyabr kuni Yangiyo‘l tumanidan o‘tuvchi M34 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Damas va Toyota haydovchilari harakatlanish vaqtida yo‘l talashib, janjal lashishgan.
Toyota haydovchisining aytishicha, u piyodani o‘tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirgan. Shu payt orqadan kelayotgan Damas uni kesib o‘tgan va haqoratlar ishlata boshlagan. Damas haydovchisi avval ballon "klyuchi" bilan Toyota oynalariga urgan, so‘ng yo‘lovchisining boshiga mojar qilgan.
Shundan keyin Toyota haydovchisi ham o‘sha kalit bilan Damas oynalarini sindirgan, bulizh jnikni old oynaga irg‘itgan va to‘qnashuv sodir etgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-mod dasi 2-qismi «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Har ikki tomon tergovga jalb etilgan.






