AsosiyDunyo

AQSH Lotin Amerikasida narkokartellarga qarshi zarbalarni kuchaytiradi

Trump narkotrafik tufayli o‘tgan yili 200 mingdan ortiq inson halok bo‘lganini qayd etdi.

'AQSH Lotin Amerikasida narkokartellarga qarshi zarbalarni kuchaytiradi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump mamlakat giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashni kuchaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda AQSh qurolli kuchlari Lotin Amerikasida joylashgan giyohvand moddalar savdosiga aloqador yer usti obyektlariga zarbalar berishni boshlaydi.

Trump narkotrafik tufayli o‘tgan yili 200 mingdan ortiq inson halok bo‘lganini qayd etdi, biroq hozirgi choralar natijasida bu ko‘rsatkich pasaygan.

Davlat rahbari zarbalar faqat Venesuela bilan cheklanmasligini, Kolumbiyada kokain ishlab chiqarilishi va AQSh bozoriga etkazilishiga aloqador shaxslarga qarshi ham qat'iy chora ko‘rilishini ta'kidladi.

    Boshqa yangiliklar