O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan "Burokratik to‘siqlarni bartaraf etish - 2030" dasturi ishga tushiriladi.
Quyidagilar Dasturning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini oshirish;
• tadbirkorlikni rag‘batlantirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish;
• raqamli va davlat boshqaruvi sohasida O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imijini shakllantirish;
• ortiqcha tartib-qoidalarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste'molchilik xavfini kamaytirish.
Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida Loyiha ofisi tashkil etiladi.
Byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash agentlik operatori va egasi bo‘lgan Zero Bureaucracy raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish, shuningdek, mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish prezidentning strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzоqov zimmasiga yuklatildi.






