Hind kino san'atida "Bollivudning Hi-Meni" nomini olgan Dharmendra oxirgi kunlarda uy sharoitida tiklanish jarayonida bo'lgan, biroq 24 noyabr kuni uning vafoti haqida rejissyor Karan Johar ma'lum berdi.
O'lim sababi rasman ochiqlanmagan. Aktyor noyabr oyi boshidan beri o'zini yomon his qilgani va shundan so'ng shifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilingan.
Dharmendra o'z faoliyati davomida 300 dan ortiq filmda rol ijro etgan va hind kinematografiyasining eng taniqli chehralaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Uning ishtirokidagi "Zita va Gita", "Mening ismim — kloun", "Sevimli Raja" kabi filmlar bugun ham tomoshabinlar muhabbatini saqlab kelmoqda.
Aktyorning so'nggi ishi — "Ikkis" filmi — 2025 yil 25 dekabrda kinoko'rsatuvga chiqishi kutilmogda. U ortida rafiqasi, aktrisa Hema Malini va olti nafar farzandi qoldi.






