Gazo ma'muriyati ma'lumotiga ko'ra, o'tgan oyda sulh kuchga kirganidan beri Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari va hujumlar oqibatida 339 nafar gazolik halok bo'ldi, 871 kishi yaralandi.
22 noyabr kuni butun anklav bo'ylab berilgan navbatdagi zarbalardan kamida 24 odam vafot etgan.
HAMAS vakillari Isroilni turli bahonalar bilan sulhni buzishda ayblab, Netanyaxu ma'muriyati urushni qayta boshlashga intilayotganini ta'kidladi.
AQSH vositasidagi kelishuv barqarorligi xavf ostida qolar ekani aytilmog'da.
Gazo rasmiylariga tayanib berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 11 oktyabrdan buyon sulhning buzilishi bilan bog'liq 497 ta holat qayd etilgan.
Ular orasida 142 marta o'q otish, 228 marta havo va artilleriya hujumi, 100 dan ortiq uy va fuqarolik binolarining vayron qilinishi bor.
Shuningdek, Isroil armiyasi 35 falastinlikni hibsga olgan hamda Rafah chegara punktini to'liq ochishdan bosh tortgan.
Natijada kunlik kirishi kerak bo'lgan 600 ta gumanitar yuk mashinasi o'rniga faqat 150 tasigina hududga kirishga ruxsat berilmog'da.






