AsosiyDunyo

AQSh Saudiyani "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" deb e'lon qildi

Trump Saudiya bilan strategik mudofaa shartnomasini imzolab, Qirollikka rasman MNNA — “NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi” maqomini berdi.

'AQSh Saudiyani "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" deb e'lon qildi'ning rasmi

Politico‘ning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trump Oq uyda o‘tkazilgan marosimda Saudiya Arabistonini "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" sifatida tan olganini e’lon qildi. Qirollik shu tariqa ushbu maqomga ega bo‘lgan 19 davlat qatoriga qo‘shildi.

Trumpning aytishicha, AQSh va Saudiya o‘rtasida keng qamrovli mudofaa bitimi imzolangan. Uchrashuvda Saudiyaaning AQSh iqtisodiyotiga 1 trillion dollar sarmoya kiritishi, shuningdek, 140 milliard dollarlik Amerika qurol-aslahasi va mudofaa xizmatlarini xarid qilishi haqida ham ma’lum qilindi.

Prezident Saudiyaaning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi roliga alohida to‘xtalib, G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha qabul qilingan BMT rezolyutsiyasi Saudiya ishtirokidagi sa’y-harakatlar samarasi ekanini qayd etdi.

Valiahd Muhammad bin Salmon esa AQSh bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, imzolangan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashini bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Cloudflare'dagi uzilish Facebook, X va ChatGPT faoliyatini izdan chiqardi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:57

    Cloudflare'dagi uzilish Facebook, X va ChatGPT faoliyatini izdan chiqardi

    Texnik nosozlik sabab Cloudflare orqali ishlaydigan bir qator yirik platformalar dunyo boʻylab vaqtincha ishlamay qoldi.

    'Shimoliy Koreyada "kibrlangan" tadbirkorlar ochiq qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:12

    Shimoliy Koreyada "kibrlangan" tadbirkorlar ochiq qatl etildi

    Pxyengyanda o‘tkazilgan qatl 200 dan ortiq odam, jumladan bolalar ham majburan tomosha qilgani aytiladi.

    'Ronaldo Oq uyda: Trump Saudiya valiahdi uchun shohona ziyofat uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:59

    Ronaldo Oq uyda: Trump Saudiya valiahdi uchun shohona ziyofat uyushtirdi

    Portugaliyalik yulduz Kristianu Ronaldu Saudiya valiahd shahzodasining AQShga tashrifi munosabati bilan Donald Tramp Oq uyda tashkil etgan tantanali kechki ovqatda ishtirok etdi.

    'Dehlida sudlar va maktablarga bomba qo‘yilgani haqidagi qo‘ng‘iroqlar soxta bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:03

    Dehlida sudlar va maktablarga bomba qo‘yilgani haqidagi qo‘ng‘iroqlar soxta bo‘lib chiqdi

    Tahdidlar tufayli sud ishlari to'xtatildi, politsiya tekshiruv o'tkazdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    'Saudiya valiahdi AQShga sarmoya miqdorini 1 trln dollargacha oshirishini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:40

    Saudiya valiahdi AQShga sarmoya miqdorini 1 trln dollargacha oshirishini aytdi

    Muhammad bin Salmon Oq uyida Trump bilan muzokaralarda bayonot berdi.