Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazganlarni faqat jarima bilan qutqarib bo‘ladigan davr tugadi. Ekologik huquqbuzarliklar endi qat’iy tartibda nazorat qilinadi.
Yangi tizim doirasida maxsus vositalar va bodi-kameralar bilan jihozlangan “Ekopolitsiya” tuziladi. Ular brakonyerlik, noqonuniy daraxt kesish va boshqa ekologik jinoyatlarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurash olib boradi.
Shu bilan birga, sanoat korxonalari o‘z hududida havo monitoring stansiyalarini o‘rnatishi shart bo‘ladi — aks holda jarimalar 5 barobargacha oshiriladi.
2026 yildan esa tabiatga zarar yetkazganlik uchun har qanday imtiyoz va to‘lovdan ozod etish bekor qilinadi.
Ekologik jinoyatchilikka qarshi yangi bosqichdagi kurash mamlakatda sog‘lom muhit yaratish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.






