AsosiyDunyo

Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbariga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik maktubi yo‘lladi.

'Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi'ning rasmi

Oqoʻrda matbuot xizmati xabariga koʻra, Toʻqayev 14–16 noyabr kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi davomida oʻziga va Qozogʻiston delegatsiyasiga koʻrsatilgan yuqsaq eʼtibor uchun Prezident Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Maktubda tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilib, u ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtargani taʼkidlangan.

Qozogʻiston Prezidenti, shuningdek, Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini alohida eʼtirof etgan. Uning taʼkidlashicha, mazmunli muhokamalar, muhim qaror va hujjatlar, shuningdek Ozarbayjonning toʻla huquqli ishtirokchi sifatida qoʻshilishi forumga strategik ahamiyat berdi.

Maʼlumot uchun, Toʻqayev 14 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyurib, uni aeroportda Prezident Mirziyoyevning oʻzi kutib olgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Trumpning G'azo bo'yicha rejasini ma'qulladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:23

    BMT Trumpning G'azo bo'yicha rejasini ma'qulladi

    Xavfsizlik Kengashi AQSH prezidenti Donald Trump ishlab chiqqan tinchlik rejasiga xalqaro qonuniylik beruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

    'Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:51

    Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi

    Namoyishchilar mamlakat siyosiy boshqaruvida uyushgan jinoyatchilik ta'siri kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    'Madina yaqinida avtobus yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 17.11.2025 17:55

    Madina yaqinida avtobus yonib ketdi

    Ushbu mudhish hodisa ortidan kamida 42 nafar ziyoratchi halok bo‘lgan.

    'Bangladesh sobiq bosh vaziri o‘limga hukm qilindi'ning rasmi

    Dunyo 17.11.2025 17:12

    Bangladesh sobiq bosh vaziri o‘limga hukm qilindi

    Shayx Hasina 2024-yilgi talaba qo'zg'olonini qonli tarzda bostirishda aybdor deb topildi.

    'AQSH Maduroni Rossiyaga "surgun" qilish variantini ko'rib chiqmoqda — OAV'ning rasmi

    Dunyo 17.11.2025 16:12

    AQSH Maduroni Rossiyaga "surgun" qilish variantini ko'rib chiqmoqda — OAV

    AQSh Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ketishga majburlab, Rossiyaga ixtiyoriy surgunga yuborish stsenariysini muhokama qilmoqda.

    'O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo 17.11.2025 14:05

    O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkazildi

    Ikkki davlat rahbarlari savdo, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.