AsosiyBu qiziq

Eng koʻp goʻsht isteʼmol qiluvchi davlatlar maʼlum qilindi

"Visual Capitalist" dunyoda qoramol, cho‘chqa, tovuq va qo‘y go‘shti iste’moli bo‘yicha yetakchi mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

'Eng koʻp goʻsht isteʼmol qiluvchi davlatlar maʼlum qilindi'ning rasmi

Yangi infografikaga ko‘ra, qoramol go‘shtini eng ko‘p iste’mol qiladigan davlat Argentina bo‘lib, bir kishi o‘rtacha 46 kg go‘sht iste’mol qiladi. Keyingilar — Zimbabve (44.4 kg), AQSh (38 kg), Isroil (36.1 kg) va Braziliya (34.6 kg). Argentinaning yuqori ko‘rsatkichi mamlakat barbekyu madaniyati — asado bilan bog‘liq.

Cho‘chqa go‘shti iste’moli bo‘yicha Xorvatiya (57.4 kg) yetakchi. Uning ortidan Ispaniya (56.5 kg), Chernogoriya (53.5 kg), Gonkong (52.6 kg) va Polsha (51.6 kg) keladi. Bu mamalakatlarda cho‘chqa go‘shti ko‘plab an’anaviy taomlarning asosiy qismi hisoblanadi.

Tovuq go‘shti eng ko‘p iste’mol qilinadigan davlatlar Sent-Vinsent va Grenadinlar (94.1 kg), Tonga (90.6 kg), Marshall orollari (74.8 kg), Samoa (74.8 kg) va Isroil (70.8 kg)dan iborat. To‘rt orol davlatida tovuqchilik cheklangan resurslar sharoitida asosiy protein manbai sifatida shakllangan.

Qo‘y va echki go‘shti bo‘yicha esa Mongoliya mutlaq yetakchi — jon boshiga 68.5 kg. Bahrayn (23.4 kg), Yangi Kaledoniya (21.9 kg), Turkmaniston (20.3 kg) va Chad (19 kg) keyingi o‘rinlarda. Mongoliadagi yuqori iste’mol ko‘chmanchi chorvachilik an’analari bilan izohlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy Osiyo etakchilarining imzolari ularning xarakteri haqida nimalarni aytadi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 07:59

    Markaziy Osiyo etakchilarining imzolari ularning xarakteri haqida nimalarni aytadi?

    Tarmoqlarda mintaqa rahbarlarining imzolari muhokama qilinib, "kimniki chiroyli?" degan hazil bahs ham paydo bo'ldi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 07:36

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” 18 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Bitcoin narxi 25 foizga quladi'ning rasmi

    Bu qiziq 17.11.2025 14:24

    Bitcoin narxi 25 foizga quladi

    Bugun, 17 noyabr kuni kriptovalyuta bozorida keskin pasayish kuzatildi.

    'Olimlar qarishning asosiy sabablaridan birini anıqladi'ning rasmi

    Bu qiziq 17.11.2025 09:51

    Olimlar qarishning asosiy sabablaridan birini anıqladi

    O'smirlik davridagi agressiya kattalarda biologik qarishni tezlashtirishi mumkin.

    'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 17.11.2025 00:52

    Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    "O'zgidromet" 17-20 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.11.2025 16:15

    O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi

    Valyuta bozorida o'shis qayd etildi.