AsosiyJamiyat

Ertaga poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

18 noyabr kuni Toshkent ko'chalarida harbiylar namoyishkorona yurishi o'tkaziladi.

'Ertaga poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan 18 noyabr kuni Toshkentning asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiylari namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi.

Harbiy bo‘linmalarining piyoda yurishlari "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasida soat 15.00 da ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.

"G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – "Chorsu" bozori – Toshkent sirkasi (Zarqaynar ko‘chasi) – "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyi (O‘zbeksiton shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difelya namoyishlari ijro etiladi.

2025 yil 18 noyabr kuni poytaxtimizning quyida keltirilgan ko‘chalarida soat 15.00 dan soat 17.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

Qora qamish – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Zarqaynar – Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

Aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumi uchun 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi — IHMA'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:35

    Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumi uchun 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi — IHMA

    Ijtimoiy himoya milliy agentligiga 1,7 mln ehtiyojmand oila kompensatsiya uchun ariza topshirgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:51

    'Yanvar-oktyabr oylarida 62 mingdan ortiq iste'molchi qarzdorlik sabab suvdan uzilgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:16

    Yanvar-oktyabr oylarida 62 mingdan ortiq iste'molchi qarzdorlik sabab suvdan uzilgan

    Ushbu holatlarning eng ko'pi, ya'ni 70 foizi Toshkent shahriga to'g'ri keladi.

    'Vazirlik Surxondaryodagi 38,5 mlrd soʻmlik qoidabuzarlik holatiga izoh berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:01

    Vazirlik Surxondaryodagi 38,5 mlrd soʻmlik qoidabuzarlik holatiga izoh berdi

    Qurilish vazirligi Antikorruptsiya anıqlagan 38,5 mlrd so‘mlik tenderdagı qoidabuzarlik yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra...

    'Samarqandda ayanchli YTH sodir boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:19

    Samarqandda ayanchli YTH sodir boʻldi

    Damas va Onix ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘lgan.