Meksikada korruptsiya, giyohvand moddalar savdosi va jinoyatchilik avj olib, har yili o‘n minglab odamlar hayotiga zomin bo‘layotgani sababli Z-avlod yoshlari keng ko‘lamli namoyishlar boshladi. Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlarda ishtirok etgan minglab yoshlar beshaqatlikka aylangan giyohvand to‘dalari va ularni himoya qilishda ayblanayotgan korruptsiyalarga tizimga qarshi chiqdi. Tartibsizliklar paytida kamida 120 kishi yaralangan.
Mexiko xavfsizlik boshlig‘i Pablo Vaskesning aytishicha, namoyishlar avvaliga tinch tarzda boshlangan, ammo niqobli bir guruh odamlar zoravonlik qilishni boshlaganidan keyin vaziyat keskinlashgan. Politsiya toshboronga duch kelgach, zobitlar ham tayoqlar bilan javob bergan. Hodisa vaqtida 100 politsiyachi jarohatlangan, ulardan 40 nafari shifoxonada davolanmoqda. 20 nafar namoyishchi ham turli tan jarohatlari olgan.
Norozilik aksiyasi ishtirokchilari 1 noyabr kuni giyohvand to‘dalariga qarshi kurashib, halok bo‘lgan Uruapan meri Karlos Alberto Manzo Rodriges xotirasiga bag‘ishlangan plakatlar ko‘tarishdi. "U ularga qarshi turishga jur’at etdi", deydi Michoakan shtatidan kelgan fuqaro Rosa Mariya Avila.
Namoyishchilar Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum yashaydigan Milliy saroy oldida to‘planib, to‘siqlarning bir qismini qulatgan. Qo‘riqchilar esa ularni to‘xtatish uchun ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz qo‘llagan.
Shuningdek, Gvadalaxara shahrida ham noroziliklar kuzatilgan. Bu yerda 47 odam hibsga olingan, 13 kishi, jumladan, uch politsiyachi yaralangan.
Meksikadagi vaziyat tobora keskinlashib borayotgani, yashirin narkokartellar ta’siri kuchaygani va yoshlarning o‘z hayoti havf ostidaligini his qilayotgani aytilmoqda.






