AsosiyBu qiziq

Olimlar qarishning asosiy sabablaridan birini anıqladi

O'smirlik davridagi agressiya kattalarda biologik qarishni tezlashtirishi mumkin.

'Olimlar qarishning asosiy sabablaridan birini anıqladi'ning rasmi

Virginia universiteti olimlari 17 yillik tadqiqot orqali o‘smirlik davridagi tajovuzkor xulq-atvor va qattiq munosabatlar keyinchalik biologik qarishni tezlashtirishi mumkinligini aniqlandi. Tadqiqot natijalari "Journal of Health Psychology" jurnalida chop etildi.

Psixologlar 1998 yildan boshlab 123 nafar o‘smirning do‘stlari va ota-onalari bilan munosabatlarini kuzatib borgan, shu bilan birga xolesterin, qon bosimi, glyukoza, yallig‘lanish ko‘rsatkichlari kabi biomarkerlarni ham o‘rgangan. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichlar inson sog‘lig‘i va umr davomiyligini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ma’lum bo‘lishicha, 13 yoshida do‘stlariga nisbatan agressiv yoki dushmanona munosabatda bo‘lgan, shuningdek, otasi bilan nizoli munosabatga ega bo‘lgan o‘smirlar 30 yoshga kelganda biologik qarishning tezlashgan belgilariga duch kelgan. Olimlar ayniqsa otalar bilan o‘smirlik oxiridagi ziddiyatlar va 20 yoshlar atrofidagi do‘stlarga bo‘lgan agressiya eng kuchli ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydi.

Tadqiqotda bu ta’sir ham erkaklarda, ham ayollarda bir xil darajada kuzatilgani qayd etilgan. Mutaxassislar fikricha, insonning bolalik va o‘smirlikdagi munosabatlar fe’l-atvori yurak-qon tomir kasalliklari xavfidan tashqari organizmdagi umumiy eskirish jarayonini ham oldindan ko‘rsatib beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 00:52

    Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    "O'zgidromet" 17-20 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.11.2025 16:15

    O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi

    Valyuta bozorida o'shis qayd etildi.

    'Ko'p til bilish qarishni sekinlashtiradi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.11.2025 08:12

    Ko'p til bilish qarishni sekinlashtiradi

    Sakkiz olti ming nafar inson ishtirok etgan yirik tadqiqotga ko‘ra, bitta qo‘shimcha til o‘rganishning o‘zi miyadagi tez qarish xavfini ikki baravar kamaytiradi.

    'Bugun harorat 21 daraja iliq bo'ladi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.11.2025 00:04

    Bugun harorat 21 daraja iliq bo'ladi

    "O'zgidromet" Bugun 14 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Rossiyada shifokorlar ayolning ko'zidan tirik qurt chiqardi'ning rasmi

    Bu qiziq 13.11.2025 21:42

    Rossiyada shifokorlar ayolning ko'zidan tirik qurt chiqardi

    Ayol shifokorlarga qosh ostida nimadir harakatlanayotgani haqida shikoyat qilib murojaat qilgan.

    'O'zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so'ng yana ko'tarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 13.11.2025 16:14

    O'zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so'ng yana ko'tarildi

    Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, 13 noyabr holatiga O'zbekistonda dollar kursi biroz o'sib, 11 985,10 so'mni tashkil etdi.